Kulir mato

Yupqa trikotaj mato tuksiz ko’ndalang to’qilgan, unda gorizontal ilmoqlar qatori bitta ipning ketma-ket egilishi natijasida hosil bo’ladi. Bu eng yupqa va yengil trikotaj paxta matosi hisoblanadi. Kulir mato ichki kiyim, xalat, yozgi kiyimlarni tikishda qo’llaniladi. Ko'pincha paxtaga laykra qo'shiladi. Bundan matoning sifati o'zgarmaydi, lekin uning elastikligi oshadi. Qulay ichki kiyimlar, yumshoq trikotaj shimlar va bridji shimlar, erkaklar futbolkalari -  bular kulirdan tikiladigan barcha kiyimlar turi emas. Ushbu material nozikligiga qaramay, deyarli g’ijim bo’lmaydi, yetarli darajada mustahkam, bu toza havoda ko’p harakatlanadigan o'yinlar va shahar chetida yoqimli dam olish uchun juda maqul keladi. Mato tarkibi 100% paxta, laykra va polyester qo'shilgan paxtadan iborat. Matoning zichligi 145-180 g / m2 ni tashkil qiladi.